Bugun, yangi vazirlarning yangi ish kuni

Yangi vazirlar, sobiq vazirlarning majburiy iste'folari ortidan Bosh vazir Ahmet Davuto'g'li bilan Prezident Erdog'anning maslahatlashuvi natijasida vaqtinchalik vazir deb tayin etilgan edilar....

252196
Bugun, yangi vazirlarning yangi ish kuni

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Ahmet Davuto’g’li, joriy yilning 3-mart kuni Portugaliya va Amerika Qo’shma Shtatlari sahoyatidan oldin matbuot anjumani uyushtirib 7-iyun kuni o’tkaziladigan umumiy saylovdan oldin qonuniy majburiyat asosida 3 vazirning iste’fo berishini aytgan edi.

Mana bugun atalgan majburiy iste’folar ortidan yangi vazirlarning tayin etilganligi haqidagi qaror, rasmiy gazetada chop etildi.

Ushbu qarorga ko’ra Turkiya Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasiga muvofiq 7-mart 2015-yildan e’tiboran kuchga kirish sharti bilan Adolat vazirligidan iste’fo qilgan Bekir Bozdag’ning o’rniga Adolat vazirligi maslahatchisi Kenan İpek; İchki ishlar vaziri Efkan Alaning o’rniga İchki ishlar vazirligi maslahatchisi Sebahattin O’zturk; Transport, dengizchilik va xabarlashuv vaziri Lutfi Elvanning o’rniga Transport, dengizchilik va xabarlashuv vazirligi maslahatchisi Feridun Bilgin tayin etildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar