Prezident Erdog'an: "G’arbga bir gapim bor".

Anqarada uyushtirilgan “Ayol İshchilar” qurultoyida Prezident Rajap Tayyip Erdog'an ishtirokchilarga xitob etar ekan "Yangi Turkiya" loyihasidagi turk ayollarining o'rniga to'xtaldi.

251288
Prezident Erdog'an: "G’arbga bir gapim bor".

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, “Odam bolasini qadrlamagan hech qaysi davlatni rivojlangan davlat kategoriyasiga qoshmayman. Rivojlanishlik, yordamga ehtiyoji bo’lganlarni qo’llab-quvvatlashdir” dedi.

Anqarada uyushtirilgan “Ayol İshchilar” qurultoyida ishtirokchilarga xitob etgan Prezident, “G’arbga bir gapim bor. Siz, ayol huquqlari haqida gapiryabsiz ammo mening davlatimdan panoh tilagan va Suriyadan, Iroqdan kelgan 2 million odam bolasining huquqlari haqida bugungacha nima qildingiz? Nimalar qilmoqchisiz? deya G’arb davlatlariga savol berdi.

“Ayol va erkak ortasidagi tabiiy yoki tug’ma farqlarga e’tibor qaratishlik ayolni kamsitish, uni yakkalash emas aksincha uning huquqlarining ximoya qilinisihi, qo’llab-quvvatlanishidir” dedi.

Shuningdek, “Ayol badanining suiiste’mol qilinishiga qarshi chiqishlik, uning bir buyum kabi foydalanilishiga e’tiroz bildirishlik uni yakkalash emas aksincha uning sha’niga, qadr-qimmatiga hurmat ko’rsatishlik bo’lib hisoblanadi” deya qo’shimchaladi.

Prezident Erdog’anning 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan qalamga olgan maqolasi bir jurnalda chop etildi.

Erdog’an, atalgan maqolasida;

-“Yangi Turkiyada asosiy huquqlar va javobgarchiliklar jihatidan ayol va erkak ortasida hech qanday farq bo’lmaydi, hech qanday chetlatilishga yo’l qoyilmaydi. Ayollarimizning adolat va teng huquqlilik printsiplariga qaratilgan, oilalari bilan mamlakatlarining rivojlanishiga o’z hissasini qo’sha oladigan, javobgarchilikni o’z zimmasiga ola oladigan, muvaffaqiyatlari bilan hammaning olqishini ola oladigan Yangi Turkiyada na ayollar na erkaklar, hech kim yakkalanish muomalasiga duchor bo’lmaydi” deb yozdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar