Xorijlik jangchilar, Suriyaga qaysi davlat orqali ketyabdi?

Chavusho’g’li, “Xorijlik jangchilarning Turkiya orqali Suriyaga o’tishiga, biz, to’sqinlik qilyabmiz” dedi.

249295
Xorijlik jangchilar, Suriyaga qaysi davlat orqali ketyabdi?

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, “Turkiya olaroq, mamlakatimiz orqali Suriyaga o’tmoqchi bo’lgan xorijlik jangchilarga qo’limizdan kelganicha to’sqinlik qilyabmiz. Yevropa davlatlari ham to’sqinlik qilishlari kerak “dedi.

Chavusho’g’li Germaniya poytaxti Berlindagi ziyorati chog’ida, Yevropalik Turk Demokratlar İttifoqining Berlin mintaqaviy boshqaruvi tomonidan uyushtirilgan tadbirda, Turk noqonuniy tashkilotlari vakillari va Turk fuqarolari bilan uchrashdi.

Ba’zi davlatlarning, “xorijlik jangchilarning Turkiya orqali Suriyaga o’tishi haqida” notog’ri ma’lumotga ega ekanligiga e’tibor qaratgan Chavusho’g’li, Turkiya tomonidan 12 ming xorijlikning Turkiyaga kirishining taqiqlanganligini; 1100 kishining esa qo’lga tushirilib chet elga yuborganligini eslatdi.

Chavusho’g’li chet elga yuborilganlar orasida, Frantsiyadagi terror voqealariga aralashganlarning ham borligiga e’tibor qaratdi.

Angliyadan kelib Suriyaga o’tgan 3 qiz haqida notog'ri tanqidlar qilinganligiga to’xtalgan Chavusho’g’li, “Bular, Turkiyaga qanday kelyabdilar? Chora-tadbirni faqatgina Turkiya olishi shartmi? Ma’lumot bering, biz mone’liq qilaylik. Bu mavzularda xotirjammiz. Biz, o’z zimmamizga ma’suliyat olishga tayyormiz. Eng asosiysi, siz bizga ma’lumot bering” dedi.

Chavusho’g’li, Yevropalik turklarning 7-iyun kuni saylovlarda ishtirok etishlari kerakligining ahamiyatiga to’xtalib, kerakli hamma sharoitlarning yaratilajagini bildirdi.

Turkiyaning Berlin elchisi Huseyin Avni Karslio’g’li ham 1915-yilgi voqelar tufayli Yevropada Turkiyaga qaratilgan notog’ri fikrlar borligini eslatib, Yevropadagi turklarning bu haqida nozik muomala qilib, tog’ri ma’lumot berishlari va norozichilik kompaniyasi uyushtirishlari kerakligini ta’kidladi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, ortidan, Turkiyaning Berlin elchixonasi tomonidan Janob Chavusho’g’li hurmatiga berilgan ziyofatda mehmon bo’ldi.

Chavusho’g’li bu yerda ham ishtirokchilarga xitob etar ekan Turkiyaning jumladan turizm va boshqa sohalardagi muvaffaqiyati haqida ma’lumot berdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar