Yalchin Akdog’an HDP hay'ati bilan uchrashdi

Bosh vazir o’rinbosari Yalchin Akdog’an, “Qurollarni tashlash demokratik taraqqiyotning ravnaq topishiga hissa qo’shadi”-dedi.

242389
Yalchin Akdog’an HDP hay'ati bilan uchrashdi

Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Yalchin Akdog’an bilan İchki ishlar vaziri Efkan Ala kecha İstanbulda Xalq Demokratik partiya (HDP) hay’ati bilan uchrashuv amalga oshirdi.
Bo’lib o’tgan uchrashuvda mamlakatda yuritilgan yechim jarayoni muhokama qilindi.
Bosh vazir o’rinbosari Yalchin Akdog’an, “Qurollarni tashlash demokratik taraqqiyotning ravnaq topishiga hissa qo’shadi”-dedi.
Xalq Demokratik partiyasi hay’atidan Sirri Sureyya O’nder uchrashuvdan so’ng qilgan izohida, “PKKni bahor oylarida favqulodda kongres o’tkazishga taklif qilamiz. Bu taklif qurolli kurashning o’rniga demokratik siyosat yuritgan holda kurash olib borishga undagan tarixiy niyat ifodasidir”-dedi.
“Yechim jarayonining mashaqqatli jarayon ekanini bilamiz. Jasorat va qat’iylik bilan natijaga erishishimizga ishonamiz”-deya ta’kidlagan Bosh vazir o’rinbosari Yalchin Akdog’an, “12 yildan beri qo’n to’kilmoqda. Onalar faryod qilmoqda, buni to’xtatish uchun bir qator tashabbuslarni amalga oshirdik”-dedi.
Yalchin Akdog’an ushbu taklifni muhim deb baholaganini bildirib, qurolni tashlash jarayoniga to’liq amal qilishning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.
Bosh vazir o’rinbosari Yalchin Akdog’an asosiy muammolarni hal qilgan Turkiya kurraviy va mintaqaviy kuchga aylanishini tilga oldi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar