Turkiyada robot bilan davolash usuli o'z samarasini bermoqda

Turkiyada robotlar yordamida jarrohlik amaliyotini amalga oshirgan doktorlar o’z tajribalarini Yevropadagi hamkasblari bilan o’rtoqlashmoqda.

228843
Turkiyada robot bilan davolash usuli o'z samarasini bermoqda


Ajibadem Universiteti Maslak Kasalxonasi Urologiya bo’lim rahbari Prof.Dr Ali Riza Kuralning aytishicha, kuni kecha İspaniyadan Turkiyaga kelgan 80 urolog uchun seminar o’tkazilgan.
3 yildan beri İspaniyadan 1 kunlik seminar o’tkazilishi bo’yicha taklif kelganini, ushbu takliflarga binoan dastlab 2013 yili seminar o’tkazilganini tilga olgan Prof.Dr Ali Riza Kural, ushbu seminarlarda robot texnologiyasi bilan prostata bezi va siydikni tuta olmagan bemorlarni jarrohlik amaliyoti bilan davolash bo’yicha turli nazariy ma’lumotlar berilganini aytib o’tdi.
Bunday seminarlarning Turkiyada o’tkazilishi katta muvaffaqiyat ekanini tilga olgan Prof.Dr Ali Riza Kural, Turkiyaning bu yo’nalishdagi yutuqlari nafaqat Yevropada balki, butun dunyoda bilinganini aytib o’tdi.
Bundan tashqari, Turkiyada “Da Vinchi” roboti yordamida jami 1300 nafar jarrohlik amaliyoti amalga oshirilganini, bulardan 1100 nafari prostata bezi saratoni amaliyoti, 200 nafari esa, turli urologik kasalliklar bo’yicha jarrohlik amaliyotlari ekanini ma’lum qildi.
Turkiyada salomatlik xizmati va tibbiyot ta’limining sifati tobora ortib borayotganini tilga olgan Ali Riza Kural, “Tibbiyot sohasida qo’shni davlatlarga ham xizmat bera boshladik. Turkiyada ko’plab xususiy va davlatga qarashli klinik markazlar tibbiyot sohasidagi sifatni yanada oshirdi. Bu esa, xorijlik bemorlarning Turkiyaga kelib davolanishini ta’minlaydi va ayni paytda tibbiyot sohasida seminarlarning Turkiyada o’tkazilishiga bo’lgan talabni orttiradi”-dedi.


 

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar