Abdurrahman Mustafa:"Turkiya turkmanlarni qo'llab quvvatlaydi"

Suriya turkmanlari majlisi rahbari Abdurrahman Mustafa Suriyalik turkmanlarga hitob qilar ekan, “Siz aslo yolg’iz emassiz. Turkiya doimo bizga madadkor va hamrohdir”-dedi.

228502
Abdurrahman Mustafa:"Turkiya turkmanlarni qo'llab quvvatlaydi"

Suriya turkmanlari majlisi rahbari Abdurrahman Mustafa Suriyalik turkmanlarga hitob qildi.
Abdurrahman Mustafa Suriyadagi turkmanlar ahvoliga e’tibor qaratib, quyidagilarni tilga oldi: “Suriyadagi turkmanlarning ahvoli kundan kunga salbiy tus olib bormoqda. Turkmanlar Turkiya uchun strategik ahamiyatga ega. Biz bunga ishonamiz. Shu sababli turkmanlar tashvish qilmasin”-dedi.
Abdurrahman Mustafa: “Turkiya har doim turkmanlarga madadkor”-dedi.
Suriyadagi ichki urushning jabrdiydalari asosan turkmanlar ekanini, Halap turk shahri ekanini va abadiy shunday bo’lib qolishini tilga olgan Mustafa, “Turkiya Sulaymon Shox maqbarasini bir kunning o’zida qanday himoyasiga olgan bo’lsa, u yerdagi turkmanlarni ham ayni shaklda qo’llab quvvatlaydi, himoya qiladi. Bundan shubhamiz yo’q”-dedi.
Uning aytishicha, Sulaymon shox maqbarasi turkmanlar uchun eng muhim va eng katta ma’naviy qadriyatlardan biri hisoblanadi.
Abdurrahman Mustafa Suriyalik turkmanlarga hitob qilar ekan, “Siz aslo yolg’iz emassiz. Butun dunyo birga qarshi bo’lsa ham, Turkiya doimo bizga madadkor va hamrohdir”-dedi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar