Sinop sohilida yuk kemasi cho’kib ketdi

Kema sanoatda ishlatiladigan 3000 tonna yog’och mahsuloti bilan suvga g’arq bo’ldi.

224078
Sinop sohilida yuk kemasi cho’kib ketdi

Turkiyaning Sinop shahri sohilida bir yuk kemasi cho’kib ketdi.
Bolgariyaning Varna portidan yo’lga chiqqan “Fort Azov” nomli tijoriy kemaning yuki kuchli to’lqin oqibatida ag’darildi.
Natijada, kema Sinop sohilida to’ntarildi.
Kema ekipaji Sohil xavfsizlik mutahassislaridan yordam talab qildi.
Darhol safarbarlik boshlatgan mutahassislar ulkan to’lqinlar sababli kemaga yaqinlasha olmadi.
Sohilda to’lqinlar pasaygach, Sohil xavfsizlik mutahassislari to’ntarilgan kemadan 12 kishini qutqarishga muvaffaq bo’ldi.
Kema sanoatda ishlatiladigan 3000 tonna yog’och mahsuloti bilan suvga g’arq bo’ldi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar