Bosh vazir Davutog'lu Pokiston safaridan qaytdi...

Bosh vazir Ahmet Davutog'lu, do'st va qardosh o'lka Pokistonda rasmiy ziyoratlar amalga oshirdi.

221570
Bosh vazir Davutog'lu Pokiston safaridan qaytdi...

Bosh vazir Ahmet Davutog'lu, do'st va qardosh o'lka Pokistonda rasmiy ziyoratlar amalga oshirdi.

Gavjum o'tgan ziyoratida, o'zaro aloqalar bilan bir qatorda terror va ortib borayotgan İslomga qarshi harakatlar mavzusida mushtarak kurash olib borishga to'xtalib o'tdi.

Bosh vazir Davutog'lu, Pokiston bosh vaziri Navaz Sharif tomonidan rasmiy marosimlar bilan kutib olindi.

Yakkama-yakka uchrashuvlardan keyin, Turkiya-Pokiston 4. Oliy Darajali Hamkorlik Yig'ilishi boshladi.

İkki vazir keyinchalik 11 sohada hamkorlik shartnomasi imzoladi.

Davutog'lu va Sharif, kelishuvni imzolagandan keyin matbuotga bayonot berdi.

Davutog'lu terrorga va İslomofobiga qarshi mushtarak kurash olib borishning ahamiyatini tilga olib va AQSHda o'ldilrgan uch musulmon bilan Yevropada yoqilgan masjidlarga diqqat qaratdi.

Ahmet Davutog'lu, ikki o'lka o'rtasidagi tijorat hajmini 10 milliard dollarga ko'tarishni mo'ljallaganliklarini tushuntirdi.

Navaz Sharif ham, "Turkiyaning hududga bo'lgan qiziqishi va boshlatgan kirishuvlar tufayli minnatdorchilik bildiraman" deb ma'ruzqa qildi.

İkki bosh vazir keyinchalik, Turkiya-Pokiston İsh Forumiga qatnashdi.

Davutog'lu, bu yerda Turkiyada so'ngi paytlar amalga oshirilganlarni 'Katta muvaffaqiyat' sifatida baholadi.

"Turkiyada siyosiy muvozanat bo'lsa, kelajak rejalari bo'lsa, bu bir muvaffaqiyatdir" degan bosh vazir Davutog'lu, "Saylov yaqlashgan bo'lsa ham, hukumat dasturiga nazar solganda 9 yilda mo'ljallaganlarimizning o'z yo'lida bo'lgani ko'rinadi" deb so'zladi.

Raqamlar bilan Turk iqtisodiyotidagi mavjud vaziyatni tushuntirgan bosh vazir, turizmdagi ijobiy o'zgarishlarga diqqart qaratdi.

Bosh vazir keyinchalik Refah Xalqaro Universiteti tomonidan uyushtirilgan konferensiyada ishtirokchilarga hitob qildi.

Pokiston Davlat Rahbari Memnun Huseyin tomonidan ham qabul qilingan bosh vazir Davutog'luga davlat nishni berildi.

Davutog'lu uchrashuvlar ortidan Turkiyaga qaytdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar