AQSh Turkiyaning tavsiyalarini e’tiborga olmagani uchun afsusda

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu Amerika hukumati bir paytlar Turkiyaning tavsiyalariga e’tibor bermagani uchun afsusda ekanini bildirdi.

212203
AQSh Turkiyaning tavsiyalarini e’tiborga olmagani uchun afsusda

Amerika Qo’shma Shtatlari Suriya va İroq masalasi bo’yicha Turkiyaning tavsiyalarini e’tiborga olmagani uchun afsusda…
AQSh kotibi John Kerry Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’luga bundan afsusda ekanini tilga oldi.
Chavushog’lu bir kanalda Amerika hukumati bir paytlar Turkiyaning tavsiyalariga e’tibor bermagani uchun afsusda ekanini yig’ilishlarda va uchrashuvlar chog’ida tilga olganini bildirdi.
Bu haqda AQSh kotibi John Kerryning shahsan o’zi e’tirof etganini bildirdi.
Terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikning ahamiyatiga to’xtalgan Chavushog’lu İSHİD safdorlarining Suriyaga o’tishini oldini olish borasida, 9915 nafar shahsning Turkiyaga kirishi ta’qiqlanganini, 1065 nafar shahs esa xavfsizlik xodimlarining tekshiruvi natijasida deport qilinganini ma’lum qildi.
Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu Yunonistondagi yangi hukumatga doir Yunonistonning iqtisodiy va siyosiy jihatdan barqarorlikka erishishi, Turkiya uchun muammolarning yechimi demakdir va Kipr muzokaralari jihatidan ham ijobiy o’zgarishlarga turtki bo’lishini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar