"Yevropa, xristiyanlar bilan musulmonlarning tinchlik mintaqasi".

Ushbu ifodani Bosh vazir Ahmet Davuto'g'lu, Shveytsariya ziyorati chog'ida tilga oldi...

196143
"Yevropa, xristiyanlar bilan musulmonlarning tinchlik mintaqasi".

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’lu Davos anjumanidan so’ng Shveytsariyaning eng katta shahri Zurichga qarab yo’l oldi. Zurichda, shaharda yashagan turk fuqarolari bilan uchrashdi.

Uchrashuvga Bolqonlarda yashagan turklar bilan birga shahar mehmoni bo’lgan musulmon aholi ishtirok etdi.

Ushbu uchrashuvda Bosh vazirning Somali haqidagi so’zlari e’tiborlarni o’ziga qaratdi.

Bosh vazir Davuto’g’lu, Somalidagi hujumdan so’z qilar ekan, zaldagi 2 nafar Somali fuqarosi tribunaga chiqib, Bosh vazirga hurmatlarini izhor etdilar.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning Somali ziyoratiga to’xtalgan Bosh vazir, ushbu ziyoratning “Turkiyaning shafqati bilan qudrati Somali, Afrika va butun musulmon aholisi ustidadir” degan ma’noga kelishini ifoda etdi.

So’zlari orasida, Yevropadagi musulmonlarga oid ibodatxonalarning muhofaza qilinisihi uchun Turkiya olaroq har qanday tashabbusni ko’rsatishga tayyor ekanliklarini taqidlagan Bosh vazir, Yevropa, xristiyanlar bilan musulmonlarning tinchlik mintaqasi sifatida qolishini aytdi.

Shuningdek Davuto’g’lu, “Butun to’siqlarga, butun provakatsiyalarga qaramay Turkiya, Yevropa İttifoqi yo’lida qadam tashlashni davom ettiradi” dedi.

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’lu, avval, Yevropa İttifoqi tarkibiga kirgudek bo’lsa katta yuk bo’lishi haqida so’z qilingan Turkiya bugun esa dunyoning eng yirik va kuchli davlatlari orasida ekanligini-da qo’shimchaladi.

Davuto’g’lu, so’zlarining oxirida, Yevropada yashagan turklarni, iyun oyida bo’lib o’tadigan saylovlarda ishtirok etishga undadi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar