Davuto'g'lu:Turkiyaning niyati, har tomonlama birga yashash.

Davuto'g'lu: Turkiyaning hech qanday mamlakat ustidan hukmronlik qilish kabi niyati yo’q...

195512
Davuto'g'lu:Turkiyaning niyati, har tomonlama birga yashash.

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Ahmet Davuto’g’lu “Dunyo iqtisodiy forum” doirasida Shveytsariyaning Davos shahrida. U yerda ish dunyosining vakillari bilan kechgi ovqat ziyofatida, bir dasturhon atrofida uchrashdi.

Davuto’g’lu, ushbu ziyofat chog’ida so’z olar ekan, Birlashgan Millatlar Tashkilotida islohatlar amalga oshirilishi kerakligini belgilab, “Har bir mavzuda, osha mavzu bilan aloqali bo’lgan hamma, jarayonga qoshilishi shartdir. Bir necha musulmon davlatida muammo bor lekin ularning vakilligi yo’q” dedi.

Bosh vazir, Turkiyada 2003-yili Iroq jarayonida qo’shni mamlakatlarni bir stol atrofida jamlashni amalga oshirganliklarini va buning 2008-yilga qadar davom etganligini eslatib, bunga o’xshash jarayonlarning Birlashgan Millatlar Tashkilotida ham bo’lishi kerakligini taqidladi.

İqlim o’zgarishi mavzusida esa Davuto’g’lu, Turkiyaning G-20 davriy rahbarligi chog’ida, iqlim o’zgarisihi va atrofga bog’liq mavzularni kun tartibida tutajagini bildirdi.

Davuto’g’lu, G-20 mamlakatlari ishtirokida, Parijda o’tkaziladigan yig’ilishning muvaffaqiyatli o’tishi uchun, Turkiya olaroq, qo’lidan kelishicha harakat qilishlarini aytdi.

Kechki, ovqatdan so’ng Bosh vazir jurnalistlarning savollarga javob berdi.

“Turkiyaning hech qanday mamlakat ustidan hukmronlik qilish kabi niyati yo’q” degan Davuto’g’lu, “Bizning niyatimiz yahshi munosabatda bo’lishlik, iqtisodiy mustaqillik va har tomonlama birga yashah istagi” dedi.

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’lu, Yevropa İttifoqi mavzusida esa, Turkiya ushbu ittifoqga kirish uchun qo’lidan kelgan barcha harakatlarni amalga oshirganligini, siyosiy to’siqlik bo’lmasa 2 yil ichida butun bosqichlarni tamomlashi mumkinligini aytdi.

Turkiyadagi, nazorat ostidagi jurnalistlar haqidagi bir savolga Bosh vazir, nazorat ostidagi jurnalistlarning jurnalistlik kasbi tufayli nazoratga olinmaganligiga e’tibor qaratar ekan “Menga, nazorat ostidagi jurnalistlardan birining ismi sharifini bering. Men siz bilan birga osha jurnalistni ziyorat qilaman” dedi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar