Ahmet Davutog'lu jamoa liderlari bilan birga...

Bosh Vazir Ahmet Davutog'lu, Turkiyadagi g'ayrimuslim jamoa liderlariga kecha İstanbulda tushki ziyofatda mezbonlik qildi.

169786
Ahmet Davutog'lu jamoa liderlari bilan birga...

Bosh Vazir Ahmet Davutog'lu, Turkiyadagi g'ayrimuslim jamoa liderlariga kecha İstanbulda tushki ziyofatda mezbonlik qildi.

Yig'ilishda Jumhuriyat tarixida birinchi marta İstanbul Yeshilyurtda yangi bir cherkov qurilishi bildirildi.

Dolmabahchedagi ziyofatda oralarida Diniy İshlar Boshqarmasi Rahabri Mehmet Go'rmez, Fanar Rum Patriarxi Bartalomeos, Turk Musavi Hahami İsak Haleva ham bo'lgan diniy liderlar qatnashdi.

Davutog'lu ziyofatda, daslab diniy liderlarni birma-bir tingladi.

Turkiyada 10 yildan beri ozchiliklarga bo'lgan nazariyaning o'zgarganini tushuntirgan maruzachi, so'ngi paytlar ijobiy o'zgarishlarga namuna sifatida İskenderunda kinoteatr sifatida ishlatilgan bir cherkovni qayta tiklashni va chet elga ko'chgan ozchiliklarni orqaga qaytishga chaqirganini ko'rsatdi.

Bosh Vazir Ahmet Davutog'lu ham maruzasida, İd, Yangi yil va Hanuka bayramlari bilan tabrik etdi va g'ayrimuslik jamoa mansublarini Turkiya Respublikasining teng va asil fuqarolari bo'lganini takidladi.

Davutog'lu, bir davrlar g'ayrimuslim jamoadan bahs etilar ekan boshqa o'lka bilan aloqador bo'lish kabi noto'g'ri tushunchalar bo'lganiga diqqat qaratdi.

Davutog'lu, "Bu yerdagi barcha Turkiya Respublikasining teng, hur fuqarolaridir" deb so'zladi.

Yig'ilishda, Turkiya Respublikasining tarixida birinchi marotiba bir cherkov qurilishini ham bildirildi.

Suryoni jamoaning İstanbul Yeshilyurtda quriladigan cherkov uchun davlat bir yer ta'min etadi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar