Yer ostidan 5 ming yillik shahar topildi

Qo’rg’onning atrofida ish olib borilar ekan uning 110 metr ostida tarixiy shahar topildi.

163953
Yer ostidan 5 ming yillik shahar topildi

Ko’p qavatli tartibdagi uy-joylarni qurish idorasining Nevshehirdagi turar-joy qurish va qayta ta’mirlash ishlari paytida arxeologik xarakterdagi kashfiyotga duch kelindi.

Kashfiyot joyida ish to’xtatilib qoyilar ekan topilgan shaharning 5 yillik tarixga ega ekanligi taxmin qilinmoqda.

Nevshehir qo’rg’oni atrofidagi yer osti shahari 785 ming kvadrat mertlik maydonni qoplaydi.

7 kilometrlik tunneldagi yer osti shahari, uchunchi darajadagi arxeologik himoyaga olingan maydon deb e’lon qilindi.

Madaniyat va turizm vazirligiga o’tkazip berilgan maydonda tadqiqot ishlari olib borilib, shaharning qaysi davrga tegishli ekanligi aniqlanadi.

Nevshehir munitsipalitet rahbari Hasan Unver, “Ushbu yer ostini butik mehmonhonalarga, yurish yollari, san’at galereyasi, xalq hunarmandchiligi markazi, muzey, yer osti kongress markaziga aylantirish kabi fikrlarimiz bor. Loyihalarni amalga oshirganimizda ham o’z yurtimiz ham da butun dunyo uchun katta yutuq boladi” dedi.

Mintaqa aholisi-da, yer osti shaharining restervatsiya qilinib tezroq turizm tarmog’iga qoshib berilishini xohlaydi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar