"Buyuk Otaturk" estafeta o’yini

Ushbu estafeta o'yini 1936-yildan beri o'tkazilar ekan bu yil 79-si uyushtirilmoqda...

161027
"Buyuk Otaturk" estafeta o’yini

Ertaga, Turkiyaning Anqara shahrida “Buyuk Otaturk” estafeta o’yini o’tkaziladi.

Ushbu estafeta o’yini Turkiya Respublikasining asoschisi va birinchi rahbari Mustafa Kemal Otaturkning Anqaraga kelishini nishonlash maqsadida uyushtirilmoqda.

Atletika Federatsiyasi tomonidan 79-uyushtirilgan “Buyuk Otaturk” estafeta o’yini orqali Buyuk rahbar Mustafa Kemal Otaturkning Anqaraga kelishining 95 yilligi nishonlanadi.

Estafeta, Xalqaro Atletika Federatsiyasi qoidalariga ko’ra o’tkaziladi. Shuningdek u, Anqaraning Dikmen Keklik Pinari tumanida soat 14:00 da boshlanadi. İshtirokchilarning 10 km yugirishi ko’zda tutilar ekan Turkiya Respublikasi Davlat Temir yollari Bosh direktorligi qoshidagi Anqara vokzalida o’z nihoyasiga yetadi.

Musobaqaga 300 ga yaqin sportchi qatnashadi.

Otaturkning o’zidan ruhsat olinib 1936-yildan beri uyushtirilib kelayotgan estafetada, o’rin egallaganlarga pul mukofati beriladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar