İtaliya Bosh Vaziri Anqarada...

Anqara, İtaliya Bosh Vaziri Matteo Renziga mezbonlik qildi.

145958
İtaliya Bosh Vaziri Anqarada...

Anqara, İtaliya Bosh Vaziri Matteo Renziga mezbonlik qildi.

Kecha Anqarada daslab Anitkabirni ziyorat qilgan Matteo Renzi, keyinchalik Bosh Vazir Ahmet Davutog'lu tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Yakkama-Yakka va hay'atlararo uchrashuvlardan keyin matbuot anjumani o'tkazildi.

Bosh Vazir Davutog'lu,"Turkiya bilan İtaliya do'st ikki ittifoqdosh sifatida kuchli prespektivaga ega. Kelajakda ushbu hamkorlikning ham ikki o'lka ham O'rtayer dengizi va Yevropa, Xalqaro tinchlikga ijobiy hissa qo'shishiga ishonamiz" dedi.

Hukumatlararo mushtarak kabinet yig'ilishi shaklida bir o'zgarish kiritganliklarini tilga olgan Davutog'lu, bu yig'ilishning uchinchisini Turkiyada tartiblashni rejalaganliklarini izohladi.

Mintaqaviy masalalar bilan aloqali, asosan Livan muammoasining uchrashuvlarda kun tartibida bo'lganini tushuntirgan Davutog'lu, "Liviyadagi tinchlik va barqarorlik, Turkiya uchun, İyaliya uchun, O'rtayer dengizi uchun muhim" dedi.

İtaliya Bosh Vaziri Renzi ham, "Turkiyaning Yevropa İttifoqi jarayoni uchun,"Yevropa İttifoqining Turkiyaga eshiklarini oxirigacha ochishi uchun g'ayrat qilishga davom etamiz" dedi.

G-20 davr rahbarligi tufayli Turkiyani tabrik etgan Renzi, Turkiyaning davr rahbarligi bo'yicha sarmoyalar va o'zgarishlar mavzusida katta muvaffaqiyatlar qo'lga kiritganini izohladi.

Renzi, Livanda dialogning boshlanishi uchun har turli say-harakat majburiyati bo'lganini va ham Livan ham Suriyada tomonlarning tashqari bilan dialoq olib borish zaruriyati tilga olindi.

Keyinchalik Prezident Rejep Tayyip Erdog'an tomonidan qabul qilingan İtali Bosh Vaziri, Bosh Vaziri Davutog'lu bilan kechki ziyofotga qayta uchrashdi.

İtaliya Bosh Vaziri Matteo Renzo, Ankaradagi uchrashuvlarining ortidan bugun bo'ladigan Turkiya-İtaliya İsh forumiga ishtirok etish uchun İstanbulga o'tadi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar