Turkiya Oliy majlis raisi Jemil Chichek Omanda...

Jemil Chichek va hamrohligidagi parlament hay’ati kecha Omanning poytaxti Muskat shahrida Oman Sho’ro majlisi raisi Shayh Halid Al Maavali tomonidan kutib olindi.

139272
Turkiya Oliy majlis raisi Jemil Chichek Omanda...

Turkiya Oliy majlis raisi Jemil Chichek Oman Davlatiga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.
Jemil Chichek va hamrohligidagi parlament hay’ati kecha Omanning poytaxti Muskat shahrida Oman Sho’ro majlisi raisi Shayh Halid Al Maavali tomonidan kutib olindi.
Jemil Chichek 2 kunlik rasmiy ziyorati doirasida Oman Bosh vazir o’rinbosari Sayyid Fahd, Sho’ro majlisi raisi Al Maavali va Oman Davlat kengashi rahbari Al Manteri bilan uchrashadi.
Turkiya Oliy majlis raisi Jemil Chichek va hamrohligidagi delegatsiya Oman ziyoratini yakunlab İordaniyaga jo’nab ketadi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar