Ortadoks va Katolik olamining bosh ruhoniylari marosim o'tkazdi

Papaning tashrifi Katolik va Ortadoks cherkovlari o’rtasidagi sovuqlikni bartaraf etish va aloqalarni mustahkamlashtirish jihatidan katta ahamiyat kasb etishi aytilmoqda.

209797
Ortadoks va Katolik olamining bosh ruhoniylari marosim o'tkazdi

Katolik olamining ruhoniy yetakchisi Papa Francis İstanbul ziyorati chog’ida kecha Fener Rum patrikxonasiga tashrif buyurdi.
Papa Patrikxona oldida papazlar tomonidan kutib olindi.
Hovlidan o’tib Aya Yorgi cherkoviga kirib borgan Papani cherkov oldida Patrik Bartholomeos kutib oldi.
Birgalikda sham yoqqan Ortadoks va Katolik olamining bosh ruhoniylari takror cherkovga kirdi.
Cherkovda duolar bilan kutib olingan Papa Francis va Patrik Bartholomeos yarim soat cherkovda duo o’qidi.
İbodat marosimidan so’ng, Papa Francis bilan Patrik Bartholomeos Patrikxona binosida uchrashuv amalga oshirdi.
So’ngra Papa Francis dam olish uchun Harbiyadagi Vatikan vakolatxonasiga jo’nab ketdi.
Papaning tashrifi Katolik va Ortadoks cherkovlari o’rtasidagi sovuqlikni bartaraf etish va aloqalarning mustahkamlanishi jihatidan katta ahamiyat kasb etishi aytilmoqda.
Papa Francis bugun patrikxonada Ortadoks cherkovining himoyachisi Aziz Andreaga atab o’tkaziladigan marosimga qatnashadi.

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar