Turkiya va Braziliya futbol terma jamoalari bugun bellashadi

Turkiya vaqti bilan soat 20:30 da İstanbuldagi Shukru Sarachog’lu stadionida bo'lib o'tadigan futbol musobaqasini o'zbek hakam Ravshan İrmatov boshqaradi.

187775
Turkiya va Braziliya futbol terma jamoalari bugun bellashadi

Butun dunyoda mashhur bo’lgan futbol yulduzlari İstanbulda...
Bugun soat 20:30da Shukru Sarachog’lu stadionida Turkiya milliy futbol terma jamoasi bilan Braziliya milliy futbol terma jamoasi o’rtasida bellashuv bo’lib o’tadi.
Mazkur futbol musobaqasini o’zbek hakam Ravshan İrmatov boshqaradi.
Turkiya va Braziliya terma jamoasi o’rtasida hozirgacha bo’lib o’tgan 5 ta musobaqadan 2 nafari teng natija bilan yakunlandi.
3 musobaqada esa, Braziliya terma jamoasi g’alaba qozondi.
Mashhur futbol yulduzlari to’plangan Braziliya terma jamoasida butun nigohlar Barselonalik futbolchi Neymarga qaratilgan.
Bugun İstanbulda Turkiya va Braziliya terma jamoasi o’rtasida bo’lib o’tadigan futbol musobaqasi 70 davlatda jonli efirga uzatiladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar