Davutog’lu:"Askar qotillari qilmishiga yarasha jazo oladi"

Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu Hakkarining Yuksekova tumanida sodir bo’lgan suiqastga doir, “Bu qotillar albatta aniqlanib, qilmishiga yarasha jazo oladi”-dedi.

171327
Davutog’lu:"Askar qotillari qilmishiga yarasha jazo oladi"

Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu kecha Kayserida turli ochilish marosimlariga qatnashdi.
Davutog’lu tashrifi chog’ida Kayseri xokimiyatini ham ziyorat qildi.
So’ngra matbuotga izoh bildirgan Davutog’lu Hakkarining Yuksekova tumanida sodir bo’lgan suiqastga doir, “Bu qotillar albatta aniqlanib, qilmishiga yarasha jazo oladi”-dedi.
“Askar qotillari buning javobini beradi”-deya ta’kidlagan Davutog’lu Turkiyadagi yechim jarayoniga to’xtaldi.
Davutog’lu xalqning tartibi saqlanmasdan hech qanday talab va muzokaraga yo’l qo’yilmasligini tilga oldi.
Kobanidagi o’zgarishlarga ham to’xtalgan Bosh vazir, mahalliy jangchilarning chegaradan o’tishi bilan bog’liq, “Turkiya yaxshi niyatini ko’rsatdi, lekin PYD tashkiloti bunga ijobiy yondashmadi. Kobanida Suriya xalqining faollari terr oristlarga qarshi Kobanini mufodaa qilmoqchi bo’lsa bunga Turkiya yordam berishi mumkin”-dedi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar