Bozkir:"3 yildan keyin Yevropaga vizasiz borish mumkin"

Turkiya Yevropa İttifoqi vaziri va Bosh muzokarachi Volkan Bozkir kecha Edirneda Ak partiya tashkilotining yig’ilishiga qatnashdi va Turkiya bilan Yevropa İttifoqi munosabatlari haqida ma’lumot berdi.

171342
Bozkir:"3 yildan keyin Yevropaga vizasiz borish mumkin"

3 yildan keyin Yevropa İttifoqiga viza bilan borish sharti bekor qilinishi mumkin.
Turkiya Yevropa İttifoqi vaziri va Bosh muzokarachi Volkan Bozkir kecha Edirneda Ak partiya tashkilotining yig’ilishiga qatnashdi va Turkiya bilan Yevropa İttifoqi munosabatlari haqida ma’lumot berdi.
Bozkirning aytishicha, Yevropa İttifoqi kuni kecha viza bilan bog’liq ijobiy hisobot e’lon qildi va jarayon shunday davom etadigan bo’lsa, 3 yildan keyin vizalar bekor qilinishi mumkin.
Turkiya qayta qabul shartnomasini imzolaganini bildirgan Bozkir, “Agar 3 yildan keyin vizalar bekor qilinmasa, keyingi 6 oy ichida qayta qabul shartnomasini to’xtatishga haqqimiz bor. Bunday bo’lishini istamaymiz, lekin qayta qabul shartnomasi bilan viza jarayoni birgalikda davom etmoqda”-dedi.
Bozkirning aytishicha, Kipr Rum qismi Turkiyaning Yevropa İttifoqi jarayonini to’xtatmoqchi, lekin Yevropa İttifoqi davlatlari esa, bunga qarshi chiqmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar