Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an bugun Latviyaga jo’nab ketadi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an rasmiy kutib olish marosimidan so’ng Latviya Prezidenti Andris Berzins bilan o’zaro uchrashuv amalga oshiradi.

166993
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an bugun Latviyaga jo’nab ketadi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an bugun Latviyaga jo’nab ketadi.
Erdog’an dastlab Latviya Bosh vaziri Laimdota Straujuma tomonidan beriladigan rasmiy ziyofatga tashrif buyuradi.
Ertaga esa, o’zaro va hay’atlararo rasmiy uchrashuvlar amalga oshiriladi.
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an rasmiy kutib olish marosimidan so’ng Latviya Prezidenti Andris Berzins bilan o’zaro uchrashuv amalga oshiradi.
Hay’atlararo uchrashuvlardan so’ng mushtarak matbuot anjumani o’tkaziladi.
Erkinlik yodgorligiga gulchambar qo’yadigan Erdog’an Turkiya-Latviya tadbirkorlar forumiga qatnashadi.
Latviya Majlis raisi Solvita Aboltina Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an sharafiga tushki ziyofat beradi.
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an so’ngra Latviya Universiteti İjtimoiy Bilimlar fakultetida ma’ruza qiladi.
Latviya ishg’ol muzeyini ham tomosha qiladigan Erdog’an Latviya Prezidenti Andris Berzins tomonidan beriladigan ziyofatga tashrif buyuradi.
Erdog’an Latviyadagi uchrashuvlarini yakunlab Estoniyaga jo’nab ketadi.
Bo’lib o’tadigan uchrashuvlarda Turkiyaning Yevropa İttifoqiga a’zolik jarayoni, o’zaro siyosiy, iqtisodiy, tijoriy va madaniy aloqalar bilan qo’shimcha hamkorlik imkoniyatlari ko’zdan kechiriladi.
Bundan tashqari, mintaqaviy va xalqaro masalalar bo’yicha fikr almashiladi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar