Singapur Bosh vaziri Lee Turkiyaga tashrif buyurdi

Bugun Turkiyaga tashrif buyurgan Singapur Bosh vaziri Lee Hsien Loong Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

156880
Singapur Bosh vaziri Lee Turkiyaga tashrif buyurdi

Singapur Bosh vaziri Lee Turkiyada…
Bugun Turkiyaga tashrif buyurgan Singapur Bosh vaziri Lee Hsien Loong Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.
Bosh vazirlik markaziy binosi oldida o’tkazilgan marosimda ikki davlatning milliy gimni chalindi.
Marosimga Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Ali Bajana, İqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, Moliya vaziri Mehmet Shimshek, Oziq-ovqat, qishloq-xo’jaligi va chorvadorchilik vaziri Mehdi Eker hamda Transport, dengizchilik va xabarlashuv vaziri Lutfi Elvan ishtirok etdi.
Marosimdan so’ng ikki davlat bosh vaziri o’zaro uchrashuv amalga oshiradi.
Uchrashuv ortidan hay’atlararo rasmiy uchrashuvlarga boshchilik qiladigan Davutog’lu bilan Lee so’ngra, matbuot anjumani o’tkazadi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar