Amerika Mudofaa vaziri Chuck Hagel Turkiyadan minnatdor...

Amerika Mudofaa vaziri Chuck Hagel bilan Turkiya Milliy Mudofaa vaziri İsmet Yilmaz İSHİD terror tashkilotiga qarshi kurash jarayoni va İroq bilan Suriyadagi ahvolni muhokama qildi.

154852
Amerika Mudofaa vaziri Chuck Hagel Turkiyadan minnatdor...

Amerika Mudofaa vaziri Chuck Hagel Turkiya Milliy Mudofaa vaziri İsmet Yilmazga qo’ng’iroq qildi.
İkki davlat mudofaa vazirlari İSHİD terror tashkilotiga qarshi kurash jarayoni va İroq bilan Suriyadagi ahvolni muhokama qildi.
Hagel Suriyalik muholiflarga boshpana berganligi va ularning farzandlariga maktabda ta’lim olish sharoitini yaratib berganligi hamda İSHİDga qarshi kurashda xalqaro koalitsiyaga yordam berishga rozi bo’lgani uchun Turkiyaga, qolaversa İsmet Yilmazga minnatdorchilik bildirdi.
Shuningdek, Turkiyaning bu mavzudagi uddaburonligi hamda qochqinlar va chegara xavfsizligini saqlashdagi qiyinchiliklar oldida katta mas’uliyatni his qilganiga e’tibor qaratdi.
Bundan tashqari, Amerika Qo’shma Shtatlari Markaziy kuch komondonligi bilan Yevropa komondonligi hamkorligidagi mutahassislarga mezbonlik qilish istagi uchun Turkiyadan minnatdor ekanini tilga oldi.
İkki davlat mudofaa vazirlari, Beshar Asadning zo’ravonligi mintaqada katta tanglik kelib chiqishiga sabab bo’lgani va Suriyani boshqarish kuchini qo’ldan boy bergani bo’yicha hamfikrligini tilga oldi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar