Erdog'an:"Terrorizmga qarshi kurashni qo'llab quvvatlaymiz"

“Terrorizmga qarshi kurashda zimmamizga tushgan mas’uliyatni bajarishga tayyormiz”-deya ta’kidlagan Turkiya Prezidenti Erdog’an, bu kurashga harbiy va siyosiy jihatdan yordam berishini bildirdi.

136357
Erdog'an:"Terrorizmga qarshi kurashni qo'llab quvvatlaymiz"

Amerika İSHİD makonlarini portlatar ekan, Turkiyaning bunga doir munosabati kecha Prezident R.T.Erdog’an tomonidan izohlandi.
BMT Umumiy kengash faoliyatlariga qatnashish maqsadida New Yorkka safar qilgan Erdog’an u yerda muhbirlarning savollariga javob berdi.
Erdog’anning aytishicha, Turkiya İSHİDga qarshi havo harbiy amaliyotiga, asosan mintaqadagi terror tashkilotlariga qarshi sodir qilingan amaliyot sifatida ijobiy yondashmoqda.
“Terrorizmga qarshi kurashda zimmamizga tushgan mas’uliyatni bajarishga tayyormiz”-deya ta’kidlagan Erdog’an, bu kurashga harbiy va siyosiy jihatdan yordam berishini bildirdi.
Xavfsiz hudud tashkil qilishga doir savollarga javob bergan Prezident Erdog’an, Suriya tomonda xavfsiz hudud tashkil qilish muhim ekanini, chunki 1 yarim million qochqin Turkiyada yashayotganini bildirdi.
Haligacha Suriyadan insonlar kelayotganini tilga olgan Erdog’an, bu Turkiyaga ijtimoiy jihatdan salbiy ta’sir ko’rsatganini, buning bartaraf etilishi kerakligini aytib o’tdi.
Bo’lginchi terror tashkilotlariga qarshi kurashning qat’iy yuritilishi kerakligini bildirgan Erdog’an, “Bu doirada Turkiya sifatida biz ham zimmamizga tushgan mas’uliyatni bajaramiz”-dedi.
Kuni kecha New Yorkda terrorizmga qarshi kurash mavzuiga bag’ishlangan muhim yig’ilish bo’lib o’tdi.
Terrorizmga qarshi kurash kurraviy forumi Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu va AQSH kotibi John Kerry boshchiligida amalga oshirildi.
Kerry forumda so’zga chiqib, İSHİDga qarshi kurashga yordam berishga so’z bergani uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi.
Kerry Turkiya İSHİDga qarshi kurashda oldingi saflarda o’rin olishini bildirib, “Turkiyaning bu kurashga hissa qo’shishidan baxtiyormiz”-dedi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar