Turkiya Bosh vazirligida Milliy xavfsizlik yig’ilishi boshlandi

Bosh vazir Ahmet Davutog’lu boshchiligida o'tkazilayotgan yig’ilishga Bosh vazir o’rinbosarlari Yalchin Akdog’an, Bulent Arinch, Ali Babajan va Numan Kurtulmush hamda Mudofaa vazirlari ishtirok etmoqda.

134487
Turkiya Bosh vazirligida Milliy xavfsizlik yig’ilishi boshlandi

Turkiya Bosh vazirligida Milliy xavfsizlik yig’ilishi bugun soat 17:00da boshlandi.
Mazkur yig’ilish Bosh vazir Ahmet Davutog’lu boshchiligida kechki soatlarda o’tkazilmoqda
Yig’ilishga Bosh vazir o’rinbosarlari Yalchin Akdog’an, Bulent Arinch, Ali Babajan va Numan Kurtulmush bilan Harbiy Bosh shtab raisi general Nejdet O’zel, Milliy Mudofaa vaziri İsmet Yilmaz, Quruqlik kuchlari komondoni general Hulusi Akar, Jandarm Bosh komondoni general Abdullah Atay, Harbiy Bosh shtab raisi o’rinbosari Yashar Guler va Tashqi ishlar vazir o’rinbosari Naji Koru ishtirok etmoqda
Milliy xavfsizlik yig’ilishining bundan oldin olingan qarorga binoan 15 kunda bir marta o’tkazilishi ma’lum qilingan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar