AQSh kotibi John Kerry Ankarada…

Kerry Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an tomonidan Chankaya ko’shkida qabul qilindi.

123647
AQSh kotibi John Kerry Ankarada…


Kerry dastlab Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu bilan uchrashdi.
Uchrashuv oldidan muhbirlarning savollariga javob bergan ikki davlat vakili Turkiya bilan Amerika o’rtasidagi munosabatlarning faolligiga e’tibor qaratdi.
Shuningdek, davlatlar o’rtasida har sohada hamkorlik davom etishini ma’lum qildi.
Tashqi ishlar vazirligidan olingan ma’lumotga ko’ra, İroqda yo’l qo’yilgan xatolar ko’rib chiqilgan uchrashuvda, Chavushog’lu mazhablararo dunyo-qarashning natijalariga to’xtaldi.
Chavushog’lu mazhablararo ko’z-qarash radikalizmga sabab bo’lishini aytib o’tdi.
İroqda tuzilgan yangi hukumat, Suriyada amalga oshiriladigan ishlar, Kipr muzokaralari va Liviyada yuz bergan o’zgarishlar muhokama qilingan uchrashuvda Chavushog’lu bu davlatlarga insonparvarlik ruhida yordam berishga tayyor ekanini tilga oldi.
Kerry Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an tomonidan Chankaya ko’shkida qabul qilindi.
Shuningdek, Kerry Bosh vazir Ahmet davutog’lu tomonidan ham qabul qilinadi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar