Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu İordaniyada...

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu Qroliyat saroyida Qrol 2-Abdullah tomonidan qabul qilindi.

120229
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu İordaniyada...

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu Yaqin sharq safari doirasida dastlab İordaniyada bo’ldi.
Chavushog’lu Qrol 2-Abdullah tomonidan Qroliyat saroyida qabul qilindi. 
Bo’lib o’tgan uchrashuv matbuotga yopiq ravishda amalga oshirildi.
Qabulda Chavushog’lu ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarni yuqori darajaga ko’tarish va ikki davlatning mushtarak qiyinchiliklarini hal qilishda İordaniya bilan hamfikr ekanini tilga oldi.
Qrol Abdullah esa, Falastin masalasini hal qilish uchun takror muzokaralarni yo’lga qo’yib, 1967 yildagi chegaralarni o’z ichiga olgan mustaqil Falastin Davlatining tashkil qilinishi kerakligini tilga oldi.
Chavushog’lu so’ngra İordaniya Tashqi ishlar vaziri Nasir Judeh bilan uchrashdi.
Bo’lib o’tgan uchrashuvdan so’ng mushtarak matbuot anjumani o’tkazildi.
Chavushog’lu anjumanda Falastin va Yaqin sharqda ikki davlatlik yechim va Falastinning haq va huquqlari bo’yicha, qolaversa İroq, Suriya kabi mintaqada yuz bergan muammolar va bularni bartaraf etish masalasida Turkiya bilan İordaniya hamfikr ekanini tilga oldi.
İkki davlat o’rtasidagi o’zaro ziyoratlar davom etishini tilga olgan Chavushog’lu ta’lim, tijorat va turizm sohalarida aloqalar yanada rivojlanishini bildirdi.
Judeh dastlabki chet el ziyoratini İordaniyaga amalga oshirgani uchun Chavushog’luga minnatdorchilik bildirdi.
Mevlut Chavushog’lu İordaniya ziyoratini yakunlab Bahreynga jo’nab ketdi.
Poytaxt Manamada Qrol Hamad Bin İsa El Halifa tomonidan qabul qilingan Chavushog’lu Bahreyn Tashqi ishlar vaziri Shayh Halid Bin Ahmed Bin Muhammad El Halifa bilan uchrashdi.
Chavushog’lu Bahreyndagi uchrashuvlarni yakunlab Qatarga safar qiladi.
Safari chog’ida, Jidde shahrida Saudiya Arabiston mezbonligida o’tkaziladigan “Yaqin sharqda tahlika va havotir” nomli yig’ilishga qatnashadi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar