Milliy Xavfsizlik Kengashi yig'ilishi o'z nihoyasiga yetdi

Yig'ilishda İroqdagi notinchlikning Turkiyaga ko'rsatgan ta'siri muhokama qilindi.

90391
Milliy Xavfsizlik Kengashi yig'ilishi o'z nihoyasiga yetdi

Milliy Xavfsizlik Kengashi oxirgi marta kecha Prezident Abdullah Gul boshchiligida to’plandi.
Yig’ilishda İroq va G’azodagi o’zgarishlar muhokama qilindi.
Yig’ilishdan so’ng qilingan yozma bayonotda, xalqning xavfsizligini yaqindan qiziqtirgan masalalar atroflicha ko’zdan kechirilgani ma'lum qilindi.
Bundan tashqari, İroqdagi hodisalarga ham alohida e’tibor qaratildi.
Yozma bayonotda, “Milliy Xavfsizlik Kengashi İroqda hukm surgan notinchlik va oxirgi kunlarda avj olgan to’qnashuvlarning mamlakatimizga ko’rsatgan ta’sirini muhokama qildi. İroq xalqiga yordam berilishi va yangi hukumatni tuzish faoliyatlarining qo’llab quvvatlanishi ifoda etildi. İroqda asirga olingan Turkiyaning Musuldagi konsuli va xodimlari bilan turkmanlarning ahvoli ko’zdan kechirildi”-degan ifodalarga o’rin berildi.
İsroilning G’azoga qilgan hujumlarini to’xtatish masalasi muhokama qilindi va tinch aholi nobud bo’layotganidan havotirda ekanligi tilga olindi.
Qolaversa, G’azo aholisiga insonparvarlik yordamlarini yanada orttirish masalasi ko’rib chiqildi.
Prezident Abdullah Gul yig’ilishda lavozimda xizmat muddati to’lgani munosabati bilan kengash a’zolari bilan hayrlashdi.




Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar