Turkiya xalqi bugun prezidentlik saylovida ovoz bermoqda

Prezidentlikka o’z nomzodini qo’ygan vakillar ham saylovda ovoz berdi.

85696
Turkiya xalqi bugun prezidentlik saylovida ovoz bermoqda

Turkiya xalqi bugun prezidentlik saylovida ovoz bermoqda.
Ayni paytda prezidentlikka o’z nomzodini qo’ygan vakillar ham saylovda ovoz bermoqda.
Prezidentlikka nomzodini qo’ygan Ekmeleddin İhsanog’lu İstanbulda ovoz berdi.
İhsanog’lu: “Bugun Turkiya jim-jitlikning sadosini eshitadi”-dedi.
İhsanog’lu saylovlar Turkiyaga hayr olib kelishiga tilakdosh ekanini bildirdi.
Navbatdagi nomzod Selahattin Demirtash esa, Diyarbakirda ovoz berdi.
“Natija qanday bo’lishidan qat’iy nazar, demokratiya kurashi tugamaydi”-deya ta’kidlagan Demirtash, natija barchaga hayir olib kelishini tiladi.
Prezident nomzodi Bosh vazir R.T.Erdog’an İstanbulda ovoz berdi.
Shuningdek, Turkiya Oliy majlis raisi Jemil Chichek Ankaraning Go’lbashi hududida, Jumhuriyat Xalq partiyasi rahbari Kemal Kilichdarog’lu va Milliyatchi Harakat partiyasi rahbari Devlet Bhcheli Ankarada ovoz berdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar