Bugun Turkiyada prezidentlik saylovi o’tkazilmoqda

Saylovda Ak partiyaning nomzodi Bosh vazir R.T.Erdog’an, Jumhuriyat Xalq partiyasi bilan Milliyatchi Harakat partiyasining mushtarak nomzodi Ekmeleddin İhsanog’lu va Xalq Demokratik partiyasining nomzodi Selahattin Demirtash bellashmoqda.

85190
Bugun Turkiyada prezidentlik saylovi o’tkazilmoqda

Bugun Turkiyada prezidentlik saylovi o’tkazilmoqda.
Saylovda 52 million 894 ming 115 saylovchi 165 ming 108 saylov markazida ovoz beradi.
Saylovda Ak partiyaning nomzodi Bosh vazir R.T.Erdog’an, Jumhuriyat Xalq partiyasi bilan Milliyatchi Harakat partiyasining mushtarak nomzodi Ekmeleddin İhsanog’lu va Xalq Demokratik partiyasining nomzodi Selahattin Demirtash bellashmoqda.
Bu galgi saylovda ilk marta ovoz varaqalarida nomzodlarning fotosurati o’rin oldi.
Oliy Saylov Kengashida tashlangan qura natijasida saylov varaqasida dastlab nomzod Erdog’an, 2-o’rinda nomzod Demirtash, 3-o’rinda İhsanog’luning fotosurati joylashgan.
Saylovda ovoz berish jarayoni butun Turkiya bo’ylab tongi soat 08:00da boshlandi va soat 17:00da o’z nihoyasiga yetadi.
Xorijda yashagan Turkiya fuqarolari ham prezidentlik saylovi uchun ovoz bermoqda.
Ular yashagan hududga eng yaqin bojxonalarga borib soat 17:00 gacha ovoz berishlari mumkin.
Xorijda yashagan Turkiya fuqarolarining bergan ovozlari samolyot orqali Turkiyaga keltiriladi va saylov yakunlangach Turkiyadagi ovozlar bilan birga hisoblanadi.
Prezidentlik saylov natijalari Oliy Saylov Kengashi tomonidan ertaga e’lon qilinadi.
Aniq rasmiy saylov natijalari esa, 15 avgust kuni ma’lum bo’ladi.
Birinchi bosqichda saylovchilardan ko’p ovoz olgan nomzod Turkiya Respublikasining Prezidenti bo’lish baxtiga muyassar bo’ladi.
Agar saylov ikkinchi bosqichga qoladigan bo’lsa, xorijda va bojxonalarda ovoz berish jarayoni 17 avgust kuni boshlanadi.
Xorijda ovoz berish jarayoni 20 avgust kuni o’z nihoyasiga yetadi.
Turkiyada esa, saylovning ikkinchi bosqichi 24 avgust yakshanba kuni o’tkaziladi.




Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar