Oliy harbiy sho’ro yig'ilishi o'z nihoyasiga yetdi

Sho’ro yig’ilishida olingan qarorlar Turkiya Prezidenti Abdullah Gulga havola qilindi.

81100
Oliy harbiy sho’ro yig'ilishi o'z nihoyasiga yetdi

Oliy harbiy sho’ro kengashi kecha Bosh vazir R.T.Erdog’an boshchiligidagi favqulodda yig’ilishini yakunladi.
Sho’ro yig’ilishida olingan qarorlar Prezident Abdullah Gulga havola qilindi, so’ngra matbuotda e’lon qilindi.
Jandarm bosh komondonligiga Egey qo’shini komondoni general Abdullah Atay rahbar etib tayinlandi.
Quruqlik kuchlari ta’lim va mashg’ulot komondoni general Salih Zeki Cho’lak Birinchi qo’shin komondoni etib tayinlandi.
2014 yilning 30 avgust kunidan boshlab kuchga kirish sharti bilan 37 general va admiralning unvoni bir yuqori pog’onaga ko’tarildi, 51 polkovnik esa, general va admiral unvonini olishga muvaffaq bo’ldi.
34 general va admiralning xizmat muddati yana bir yilga uzaytirildi.
Qolaversa, bu yil yuqori bosqichga ko’tarilish muddatini to’ldirgan 41 general va admiral 2014 yilning 30 avgust kunidan e’tiboran; 2 general esa, yoshini to’ldirgani uchun joriy yilning 1 sentyabridan e’tiboran pensiyaga chiqadi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar