Qatar Tashqi ishlar vaziri El Atiyye Turkiyada...

Davutog’lu bilan El-Atiyye o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvda, İsroilning G’azoga hujum qilishini to’xtatish va vaziyatni yaxshilash uchun qanday chora ko’rish mumkinligi muhokama qilindi.

77825
Qatar Tashqi ishlar vaziri El Atiyye Turkiyada...

G’azoda qon to’kilishini to’xtatish maqsadida tig’iz diplomatik say-harakatlar davom etmoqda.
Jumladan, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davutog’lu AQSh kotibi John Kerry bilan telefon orqali vaziyatni muhokama qildi.
So’ngra, Hamas yetakchisi Halid Meshal bilan ham muhokama o’tkazdi.
Davutog’lu kecha kechki soatlarda Ankarada Qatar Tashqi ishlar vaziri Halid Bin Muhammad El Atiyyeni kutib oldi.
Bo’lib o’tgan uchrashuvda, Turkiya va Qatar nazarida masalaning barcha jihatlari atroflicha ko’zdan kechirildi.
Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, Davutog’lu bilan El-Atiyye o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvda, İsroilning G’azoga hujum qilishini to’xtatish va vaziyatni yaxshilash uchun qanday chora ko’rish mumkinligi muhokama qilindi.
Uchrashuvdan so’ng, ikki vazir AQSh kotibi John Kerry bilan mushtarak telekonferensiya orqali muhokama o’tkazdi.
Matbuotga yopiq ravishda o’tkazilgan muhokama 3 soat davom etdi.

 

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar