Turkiyada davlat arboblari bayram tabrigi yo'lladi

İslom dunyosi ramazon xayit bayramini g’amginlik bilan kutib olganini tilga olgan Abdullah Gul, “G’azoda insoniyatga nisbatan jinoyat sodir qilinmoqda. Achinarlisi shuki, butun davlatlar bunga chora topa olmayotir”-dedi.

72926
Turkiyada davlat arboblari bayram tabrigi yo'lladi

Turkiyada davlat arboblari xayit bayrami munosabati bilan bayram tabrigi yo’lladi.
Turkiya Prezidenti Abdullah Gul bu muborak kunda G’azo, İroq va Suriya kabi islom davlatlarida yuzaga kelgan notinchlikning bartaraf etilishidan umidvorligini tilga oldi.
İslom dunyosi ramazon xayit bayramini g’amginlik bilan kutib olganini tilga olgan Abdullah Gul, “G’azoda insoniyatga nisbatan jinoyat sodir qilinmoqda. Achinarlisi shuki, butun davlatlar bunga chora topa olmayotir”-dedi.
Abdullah Gul, qon va ko’z yoshining tinishi, azob va iztiroblarning bartaraf etilishi uchun islom dunyosini va xalqaro hamjamiyatni xizmatga chaqirdi.
İsroil darhol hujumlarini to’xtatishi kerakligini tilga olgan Abdullah Gul, doimiy sulh bitimini ta’minlash, hududga insonparvarlik yordamlarini tarqatish, haqqoniy va mustahkam tinchlikning ta’minlanishi bo’yicha Turkiya o’z zimmasidagi mas’uliyatni bajarganini va kelgusida ham buni davom ettirishini bildirdi.
Qolaversa, 28 avgust kuni prezidentlik lavozimiga yakun yasashini eslatib, “Xalqqa xizmat Haqqa xizmat” ongi bilan hamisha millatga xizmat yo’lida qadam tashlayman”-deya xalq bilan vidolashdi.
Turkiya Oliy majlis raisi Jemil Chichek, “İslom dunyosidagi g’amginlik xayit bayramini sevinch bilan kutib olishga imkon bermayotir”-dedi.
Bosh vazir R.T.Erdog’an esa, tabrigida avvalo G’azodagi ahvolga alohida e’tibor qaratdi.
Erdog’an, “Doimo zolimlarga qarshi va mazlum xalqlarga esa, madadkor bo’lgan bir millat sifatida qatliomlarga loqaydlik bilan qarab tura olmadik”-dedi.
Ramazon oyi mobaynida millat sifatida hamjihatlikda, ma’naviy muhitdan nafas olib, buning barakasidan bahramand bo’lganini tilga olgan Erdog’an, afsuski bu muborak oyda islom dunyosining ba’zi hududlarida g’am-tashvish kanda bo’lmaganini, asosan G’azodan ko’tarilgan faryodlar yuraklarni larzaga solganini ifoda etdi.
G’azodagi qatliomlarga jim qarab tura olmaganini tilga olgan Erdog’an, “O’zimiz uchun ravo ko’rgan narsani mintaqamiz va butun dunyo uchun ravo ko’ramiz”-dedi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar