Prezident Abdullah Gulga Kipr Davlat nishoni taqdim etildi

Turkiya Prezidenti Abdullah Gul Kipr tinchlik harakatining 40 yilligi munosabati bilan Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga safar qildi.

64867
Prezident Abdullah Gulga Kipr Davlat nishoni taqdim etildi

Turkiya Prezidenti Abdullah Gul Kipr tinchlik harakatining 40 yilligi munosabati bilan Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga safar qildi.
Abdullah Gul kecha Nikosiyadagi aeroportda Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Dervish Erog’lu tomonidan kutib olindi.
Kipr tinchlik harakatining 40 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan marosimdan so’ng, ikki davlat rahbari o’zaro uchrashuv amalga oshirdi.
Uchrashuv chog’ida Erog’lu Turkiya Prezidenti Abdullah Gulga Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Davlat nishonini taqdim etdi.
Abdullah Gul matbuot anjumanida so’zga chiqib, Kipr masalasi mushtarak milliy kurash ekanini eslatib, bu yo’lda Turkiya doimo qo’llab quvvatlashini takrorladi.
Abdullah Gul “Kipr muzokaralari belgilangan muddatda yakunlanishi asosiy maqsadlarimizdan biridir”-dedi.
Dervish Erog’lu ham qo’llab quvvatlagani uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar