Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davutog’lu O’zbekistonda...

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davutog’lu O’zbekiston Prezidenti İslom Karimov bilan uchrashadi.

124430
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davutog’lu O’zbekistonda...

Turkiya bilan O’zbekiston o’rtasidagi munosabatlar asta-sekin izga tushmoqda.
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davutog’lu O’zbekistonning poytaxti Toshkentga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.
Davutog’lu safari chog’ida O’zbekiston Prezidenti İslom Karimov bilan uchrashadi.
Mazkur ziyorat ikki davlat uchun yangi davrning boshlang’ichi sifatida mulohaza qilinmoqda.
İkki davlat o’rtasidagi munosabatlar bir muddat to’xtash arafasiga kelgan edi.
13 yil oradan so’ng ilk marta bir Turkiya Tashqi ishlar vaziri O’zbekistonga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.
Davutog’lu tashrifi chog’ida, dastlab O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan uchrashdi.
Davutog’lu:“-Lavozimga tayinlanganimdan beri bu ziyoratni intizorlik bilan kutdim. Turkiya bilan O’zbekiston kuchli bo’lsa Osiyoda barqarorlik hukm suradi. Buni butun dunyo bilsin”-deya ta’kidladi.
Ziyoratdan maqsad ikki davlat o’rtasidagi o’zaro ishonchni qaytatdan tiklash.
Munosabatlarning pasayishi noto’g’ri tushunmovchilikdan kelib chiqqanligiga e’tibor qaratilar ekan, yangi davrda iqtisodiy aloqalarning ham rivojlantirilishi maqsad qilinmoqda.
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davutog’lu ertaga O’zbekistonning tarixiy Samarqand va Buhoro shaharlariga sayohat qiladi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar