Turkiya Bosh vaziri R.T.Erdog’an elchilarni qabul qildi

Erdog’an bo’lib o’tgan uchrashuvda Yevropa İttifoqining Suriya masalasiga e’tiborsiz yondashganligini tanqid qildi.

106724
Turkiya Bosh vaziri R.T.Erdog’an elchilarni qabul qildi

Turkiya Bosh vaziri R.T.Erdog’an kecha Turkiyaning Yevropa davlatlaridagi elchilari bilan uchrashdi.
Erdog’an bo’lib o’tgan uchrashuvda Yevropa İttifoqining Suriya masalasiga e’tiborsiz yondashganligini tanqid qildi.
Erdog’an, “Xalqaro hamjamiyat yukimizi yengillashtirsin. BMTdan sado yo’q. Yevropa İttifoqi ham masalaga jiddiy yondashmayotir”-dedi.
Erdog’an Turkiyaning Yevropa İttifoqiga a’zolik jarayonida “Sud va asosiy haqlar” nomli moddaning muzokara qilinmaganligini eslatdi.
Shuningdek, bu moddalarning hamon muzokara qilinmaganligi Yevropa İttifoqining samimiyatini va Turkiyaga bo’lgan ko’z-qarashini namoyon qilganligini tilga oldi.
Bosh vazir Erdog’an İroqda bir koalitsiya hukumati tuzilishining ahamiyatiga diqqat qaratdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar