Tashqi ishlar vazirligi İroq masalasi bo'yicha to'plandi

Kecha bo’lib o’tgan yig’ilishda İroqda asirga olingan turklarning ahvoli xaqida ma’lumot berildi.

106753
Tashqi ishlar vazirligi İroq masalasi bo'yicha to'plandi

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi İroq masalasiga bag’ishlangan kundalik yig’ilishlarni davom ettirmoqda.
Kecha bo’lib o’tgan yig’ilishda İroqda asirga olingan turklarning ahvoli xaqida ma’lumot berildi.
Tashqi ishlar vazirligi xodimlari İroq turkman jabhasi boshqaruv kengashi a’zosi Munif Kafiliyning bir hujumda halok bo’lganligini bildirdi.
Shuningdek İroqdagi vaziyat tobora salbiy tus olib borayotganligi qayd etildi.
Yig’ilishda İroqda asirga olingan Turkiya fuqarolarining oilalari bilan yaqin aloqa o’rnatilganligi, ertaga esa asirdagi haydovchilarning oilalari bilan vazirlik binosida uchrashuv o’tkazilishi ma’lum qilindi.
Hududga Tabiiy ofat va favqulodda holatlar boshqarmasi, Turk Qizil yarim oy jamiyati va TİKA xodimlari tomonidan insonparvarlik yordamlari safarbar qilinganligi ifoda etildi.
Liviyadagi notinch hududlardan turklarni ko’chirish ishlari davom etganligini bildirgan tegishli vakillar, bu doirada Turk Havo Yo’llarining Misurataga amalga oshirgan yo’lovchi safarlari ko’paytirilganligini, hududdan 426 kishining qutqarilganligini bildirdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar