Turkiyadan İroq xalqiga insonparvarlik yordami...

Turkiya Bosh vazirligiga qarashli Tabiiy ofatlar va favqulodda holatlar boshqarmasi İroqdagi urushdan jabrlangan aholiga yordam qo’lini uzatmoqda.

102827
Turkiyadan İroq xalqiga insonparvarlik yordami...

Turkiya Bosh vazirligiga qarashli Tabiiy ofatlar va favqulodda holatlar boshqarmasi İroqdagi urushdan jabrlangan aholiga yordam qo’lini uzatmoqda.
Tabiiy ofatlar va favqulodda holatlar boshqarmasi urush ketayotgan hududlarga jami 41 ming kishiga mo’ljallangan oziq-ovqat mahsulotlari, 110 ming adeyal, 1920 ta yotoq, 2 ming ta oshxona anjomi, 12 ming 500 kishilik chodir va 217 ming 982 qutida dori-darmon mahsulotlarini jo’natganligini bildirdi.
Shuningdek, İroqning Sinjar hududiga yordam jo’natilgandan so’ng, bu safar Kerkukda qiyin ahvoldagi insonlarga ham insonparvarlik yordamlari jo’natila boshlaganligini ma’lum qildi.
Qolaversa, Tabiiy ofatlar va favqulodda holatlar boshqarmasi rahbarligida Turk Qizil yarim oy jamiyati tomonidan 17 nafar chodir, 10 ming 848 dona 1 yarim litrlik suv va 906 ming 924 dona pechenye mahsulotlarining hududga jo’natilganligi qayd etildi.
Bu o’zgarishlarga ko’ra, Tabiiy ofatlar va favqulodda holatlar boshqarmasi tomonidan yuritilgan insonparvarlik yordam faoliyatlari davom etadi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar