Davutog’lu mazhablararo to’qnashuvlarga qarshi ogohlantirdi

“Telaferdagi favqulodda holat tufayli havotirdamiz”-deya ta’kidlagan Davutog’lu, “İroqda qo’shin tarqab ketgan bir paytda xavfsizlik juda ayanchli ahvolda. U yerda yashagan turkmanlar yordamga muhtoj. Turkiya albatta yordamga tayyor”-dedi.

100147
Davutog’lu mazhablararo to’qnashuvlarga qarshi ogohlantirdi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davutog’lu kecha İslom hamkorlik tashkilotining 41-Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig’ilishida so’zga chiqib, İroqda asirga olingan turklarning darhol ozod qilinishini talab qildi va mazhablararo to’qnashuvlarga qarshi ogohlantirdi.
Davutog’lu jangarilar tomonidan asirga olingan turklarni qutqarish uchun barcha imkoniyatlar safarbar qilinganini tilga oldi.
Yana 15 turkning o’g’irlab ketilganligi xaqidagi xabarlar esa noo’rin ekanligini tilga olgan Davutog’lu, Turkiya tomonidan hududga nisbatan yuritilgan yordam tashviqotlariga to’xtaldi.
“Telaferdagi favqulodda holat tufayli havotirdamiz”-deya ta’kidlagan Davutog’lu, “İroqda qo’shin tarqab ketgan bir paytda xavfsizlik juda ayanchli ahvolda. Hamma bundan ta’sirlanmoqda. U yerda yashagan turkmanlar yordamga muhtoj. Turkiya albatta yordamga tayyor”-dedi.
Tashqi ishlar vazirligi Turkiya fuqarolarini İroqdagi 8 viloyatga sayohat qilmaslik xaqida ogohlantirdi.
Vazirlikning izohida, “Shiya aholi gavjum yashagan İroqning janubiy hududlarida davlatimizga qarshi salbiy tashviqot yuritilganligi kuzatilmoqda”-degan ifodalarga o’rin berildi.
Tashqi ishlar vazirligi En Nusra tashkilotining terror tashkiloti ro’yxatidan chiqarilganligi xaqidagi iddaolar yolg’on ekanligini ma’lum qildi.
Shuningdek, 11 iyundan beri transport yo’li orqali 31 ming 308 nafar Turkiya fuqarosi İroqdan Turkiyaga qaytdi.
Bundan tashqari Turk Havo Yo’llari bilan mamlakatga qaytgan turklarning soni esa 6 ming 990 nafarni tashkil qildi.
İroqda notinchlik hukm surgan 15 viloyatda hamon 3-4 ming Turkiya fuqarosining borligi aytilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar