Bosh vazir R.T.Erdog’an Avstriyaga otlanmoqda

Turkiya Bosh vaziri R.T.Erdog’an ertaga Parijda Fransiya Prezidenti Franchois Hollande bilan uchrashadi.

99608
Bosh vazir R.T.Erdog’an Avstriyaga otlanmoqda

Turkiya Bosh vaziri R.T.Erdog’an bugun Avstriya va Fransiya sayohatiga otlanmoqda.
Erdog’an dastlab Avstriyaning poytaxti Venaga safar qiladi.
Erdog’an safari chog’ida yevropalik Turk demokratlar birligining 10 yilligi munosabati bilan o’tkaziladigan marosimda Venadagi turklarga hitob qiladi.
Ortidan Avstriya Tashqi ishlar vaziri Sebastian Kurz bilan uchrashishi kutilmoqda.
So’ngra Fransiyaga jo’nab ketadigan Erdog’an ertaga Parijda Fransiya Prezidenti Franchois Hollande bilan uchrashadi.
Elysee saroyida bo’lib o’tadigan uchrashuvda, İroq, Suriya, 1915 yil voqealariga doir iddaolar va boshqa dolzarb mavzular muhokama qilinadi.
Bundan tashqari Turkiyaning Yevropa İttifoqiga a’zolik jarayoni ham ko’zdan kechiriladi.
Bosh vazir Erdog’an Parijdagi rasmiy uchrashuvlarini yakunlab, 21 iyun shanba kuni Fransiyada istiqomat qilgan turklar bilan uchrashadi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar