Ankarada Musuldagi so'ngi vaziyat muhokama qilindi

Turkiya Bosh vazir R.T.Erdog’an rasmiy qarorgohda bir qator vazirlar bilan yig’ilish o’tkazdi.

96515
Ankarada Musuldagi so'ngi vaziyat muhokama qilindi

Ankarada Musuldagi hodisaga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.
Turkiya Bosh vazir R.T.Erdog’an rasmiy qarorgohda bir qator vazirlar bilan yig’ilish o’tkazdi.
Yig’ilishga Bosh vazir o’rinbosari Beshir Atalay, Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davutog’lu, Harbiy Bosh shtab rahbari general Nejdet O’zel, Milliy xavfsizlik tashkiloti maslahatchisi Hakan Fidan va Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Feridun Sinirliog’lu ishtirok etdi.
Mazkur yig’ilish tahminan 2 soat davom etdi.
Vazirlar kengashi oldidan amalga oshirilgan yig’ilishda bundan keyin olinadigan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Yig’ilishning tafsilotlari xaqida aniq ma’lumot berilmadi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar