Chankaya ko’shkida Musuldagi vaziyat muhokama qilindi

Chankaya ko’shkida Prezident Abdullah Gulning talabi bilan Musul masalasiga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazildi.

91666
Chankaya ko’shkida Musuldagi vaziyat muhokama qilindi


 

Chankaya ko’shkida Musuldagi vaziyat muhokama qilindi.
İroq Damashq İslom Davlati Musuldagi turk konsunllik binosiga bosqin uyushtirib, Bosh konsul O’zturk Yilmaz va konsullik xodimlarini noma’lum hududga olib ketganligi xaqidagi xabarlar turk vakillarni favqulodda chora ko’rishga chorladi.
Kecha ketma-ket bir qator yig’ilish o’tkazildi.
Dastlab Bosh vazirlik rasmiy qarorgohida favqulodda yig’ilish o’tkazildi.
Bosh vazir R.T.Erdog’an boshchiligida o’tkazilgan yig’ilishga, Bosh vazir o’rinbosari Beshir Atalay, Milliy xavfsizlik tashkiloti maslahatchisi Hakan Fidan va Harbiy Bosh shtab rahbariyati qoshidagi harbiy amaliyot idorasi rahbari general Erdal O’zturk va Tashqi ishlar vazir o’rinbosari elchi Naji Koru ishtirok etdi.
Yig’ilish yakunlanishi bilan, Naji Koru Chankaya ko’shkida Prezident Abdullah Gulga so’ngi vaziyat xaqida ma’lumot berdi.
So’ngra Chankaya ko’shkida Prezident Abdullah Gulning talabai bilan Musul masalasiga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazildi.
Yig’ilishga Bosh vazir R.T.Erdog’an, harbiy Bosh shtab rahbari general O’zel, Bosh vazir o’rinbosari Beshir Atalay, Tashqi ishlar vazir o’rinbosari Naji Koru, Milliy xavfsizlik tashkiloti maslahatchisi Hakan Fidan bilan Tashqi ishlar vazirligi maslahatchi o’rinbosari O’mer O’nhon ishtirok etdi.
Davlat arboblari bundan keyin olinadigan chora-tadbirlarni muhokama qildi.
Yig’ilish chog’ida har qanday ehtimol harita ustida birma-bir ko’zdan kechirildi.
Chankaya ko’shkida o’tkazilgan yig’ilishdan so’ng Tashqi ishlar vazirligida ham maxsus yig’ilish bo’lib o’tdi.
BMTdagi terrorizm masalasiga bag’ishlangan yig’ilishga qatnashish maqsadida New Yorkda bo’lgan Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davutog’lu ziyoratini yakunlab Ankaraga qaytdi.
Davutog’lu safari oldidan AQSh kotibi John Kerry bilan telefon orqali masalani muhokama qildi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar