Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy Turkiyada...

Ruhoniy Chankaya ko’shkida Turkiya Prezidenti Abdullah Gul tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olinadi.

87872
Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy Turkiyada...

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy bugun Turkiyaga tashrif buyurdi.
Ruhoniy Chankaya ko’shkida Turkiya Prezidenti Abdullah Gul tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olinadi.
Bo’lib o’tadigan rasmiy uchrashuvlarda avvalo ikki davlat o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar ko’zdan kechiriladi, qolaversa energiya mavzui va Suriyadagi vaziyat kabi mintaqaviy dolzarb masalalar ham muhokama qilinadi.
Tijorat hajmida yuzaga kelgan pasayish Turkiya va Eron tomonidan diqqat bilan kuzatilmoqda.
İkki davlat o’rtasidagi mushtarak tijorat hajmining 30 milliard dollarga chiqarilishi ko’zlangan maqsadlardan biri hisoblanadi.
Uchrashuvlarda tabiiy gaz tijorati bo’yicha gaz bahosini belgilash va mintaqaviy tijorat bo’yicha hamkorlik imkoniyatlari ko’rib chiqiladi.
Ruhoniy bilan Bosh vazir R.T.Erdog’an boshchiligida bo’lib o’tadigan Oliy darajali strategik hamkorlik kengashi yig’ilishida ikki davlat o’rtasidagi aloqalar har tomonlama muhokama qilinadi.
Siyosiy mavzular bo’yicha esa asosan Suriya, Misr va İsroil-Falastin masalalari muhokama qilinadi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar