Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy ertaga Turkiyaga tashrif buyuradi

Hasan Ruhoniy Chankaya ko’shkida Prezident Abdullah Gul tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olinadi.

86828
Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy ertaga Turkiyaga tashrif buyuradi

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy Turkiya Prezidenti Abdullah Gulning taklifiga binoan ertaga Turkiyaga tashrif buyuradi.
Gavjum delegatsiya hamrohligida tashrif buyuradigan Hasan Ruhoniy Chankaya ko’shkida Prezident Abdullah Gul tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olinadi.
So’ngra o’zaro va hat’atlararo rasmiy uchrashuvlar amalga oshiriladi va ikki davlat rahbari mushtarak matbuot anjumanida muhbirlarning savollariga javob beradi.
Bo’lib o’tadigan uchrashuvlarda Suriya masalasi, Misr va Falastindagi o’zgarishlar hamda Eronning atom dasturiga doir muzokaralar kabi dolzarb siyosiy masalalar muhokama qilinadi.
Bundan tashqari ikki davlat o’rtasidagi tijorat hajmini 30 milliard dollarga chiqarish, tabiiy gaz tijorati bo’yicha gaz bahosini belgilash, mintaqaviy tijorat bo’yicha hamkorlik yo’lga qo’yish kabi iqtisodiy masalalar ham ko’zdan kechiriladi.
Turkiya Prezidenti Abdullah Gul Chankaya ko’shkida Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy sharafiga ziyofat beradi.
Qolaversa, Hasan Ruhoniy tashrifi chog’ida Turkiya Bosh vaziri R.T.Erdog’an bilan ham uchrashadi.
O’zaro uchrashuvdan so’ng Ruhoniy bilan Erdog’an boshchiligida ikki davlat o’rtasida oliy darajali strategik hamkorlik kengashi yig’ilishi o’tkaziladi.
Bu doirada Turkiya bilan Eron o’rtasida ko’plab sohalar bo’yicha hamkorlik shartnomalari imzolanadi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar