Turkiyaning energiya markazi bo’ladi

Turkiyaning energiya markazi bo’lishi uchun yana muhim bir qadam tashlad

78077
Turkiyaning energiya markazi bo’ladi

Turkiyaning energiya markazi bo’lishi uchun yana muhim bir qadam tashladi.

Ozarbayjonning Shoh Dengizi Tabiiiy Gaz İshlab Chiqarish va Trans Onado’li Tabiiy Gaz Quvur Tarmog’i (TANAP) loyihasida Turkiya sherik bo’lgan kelishuv kuni İstanbulda Bosh Vazir Rejep Tayyip Erdog’an ishtirok etgan ma’rosim bilan imzolandi.
TANAP ning kelajagi bilan aloqali bir loyiha bo’lganini ifoda etgan Erdog’anning, TANAP loyihasining Turkiya uchun muhim daromat manbai bo’lishini bildirdi.
Erdog’an, “ Shoh Dengizdagi hissalarini 9 foizdan 19 foizga chiqarib, Turkiya Neftlarlar Anonim Shirkatini 2 yirik sherikga aylantirdi. Ukrainadagi hodisalar o’lkalararo hamkorlikning ahamiyatini ko’rsatdi. O’lkamizning 21 viloyatidan o’tadigan loyihaning qurilish jaraynida maydonga keladigan iqtisodiy vaziyatni ham rivojlanish jihatidan ijobiy deb baholaymiz.” dedi.

Ozarbayjonning poytaxti Bakuga 70 km. masofada, Hazar Dengizi atrofida joy olgan Shoh Dengiz tabiiy gaz maydoni, 1,4 trillion kubametr zaxirasi bilan dunyoda sanoqli tabiiy gaz zaxiralaridan biri.

“Shoh Dengiz-1” nomli loyiha doirasida chiqarilgan tabiiy gaz Ozarbayjonda ishlatish bilan bir qatorda Gruziya va Turkiyaga ham eskport qilinmoqda.

Loyiha doirasida, Turkiya-Gruziya chegarasidan Turkiyo- Yunoniston chegarasigacha bo’lgan TANAP, daslab 10 milliard kubametrni Yevropaga, 6 milliard kubametrni esa Turkiyaga bo’lib jami 16milliard kubametr tabiy gaz yetkazadi.

Shoh dengizdan chiqariladigan gazni Turkiya ustidan Yevropaga yetkazadigan Janubiy Gaz Quvur Koridori esa, Yevropaning energiya mavsuzida Rossiyaga tobeligini kamaytirishi nazarda turilmoqda. Besh yil ichida nihoyasiga yetishi mo’ljallangan loyiha, İsroil, Janubiy Kipr Rum Boshqaruvi, Turkmaniston va Shimoliy İroqni ham gaz bilan taminlashi rejalanmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar