Ibrahim Kalin: "Suriyada tashkil etiladigan xavfsiz hududning nazorati Turkiya zimmasida bo’ladi".

Ibrahim Kalin Suriyada tashkil etiladigan “xavfsiz hudud”ning nazoratining Turkiyaning zimmasida bo’lishini qayd etdi.

1126718
Ibrahim Kalin: "Suriyada tashkil etiladigan xavfsiz hududning nazorati Turkiya zimmasida bo’ladi".

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin Suriyada tashkil etiladigan “xavfsiz hudud”ning nazoratining Turkiyaning zimmasida bo’lishini qayd etdi.

Ibrahim Kalin Prezidentlik qarorgohida matbuot anjumani uyushtirib unda kabina yig’ilishida kun tartibiga olib chiqilgan masalalar haqida gapirdi.

Yig’ilishda Amerika Qo’shma Shtatlarining Suriyadan chiqishi haqidagi qarorini har tomonlama qo’lga olganliklarini eslatib o’tgan Ibrahim Kalin,

“Terrorizmga qarshi va Turkiyani nishonga olgan terror tashkilotlariga qarshi kurash davom etadi” dedi.

Ibrahim Kalin Turkiyaning hoh iliq, hoh qo’pol kuch; hoh siyosat, hoh diplomatiya; nima bo’lishidan qat’iy nazar qo’ldagi barcha imkonlardan foydalangan holda ham maydonda, ham  stolda terrorizmga qarshi kurash olib borishni davom etajaklarini ta’kidladi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning 23-yanvar kuni Rossiya poytaxti Moskavada bo’lishini ham eslatib o’tgan Ibrahim Kalin,

“Ayniqsa AQShning Suriya tuproqlaridan chiqish qarori ortidan paydo bo’lgan vaziyat Rossiya bilan koordinatsiya qilinadi. Ham Suriya, ham o’zaro masalalarni har jihatdan qo’lga olish imkoni tug’iladi” degan ifodalarga o’rin berdi.   

Ibrahim Kalin o’z bayonotida shuningdek,

“AQSh hay’ati rasmiy bo’lmasa ham o’tgan hafta bizga 5 moddalik Suriya tuproqlarini tark etishi haqidagi qarorini ko’rsatuvchi qog’oz berdi. (AQSh bilan) Iqtisodiy xavf masalalari ortda qoldi. Bugungi kunda yangi rejalar tuzilib, ijobiy kun tartibi bilan faoliyatlarimizni davom ettiramiz. Biz uchun S-400 olish bilan Patriot raketalari olish o’rtasida hech qanday maxsus sabab, korrelyatsiya, shartli munosabatlar yo’q” dedi.



Aloqador xabarlar