Ibrohim Kalin:"AQShning Eronga nisbatan joriy etgan sanksiyalari siyosiy qarordir"

“AQSh turli sabablar bilan Eronga sanksiya joriy etar ekan, biz o’z milliy manfaatlarimizdan voz kecha olmaymiz”,-deydi Turkiya prezidentligi matbuot kotibi Ibrohim Kalin.

1083053
Ibrohim Kalin:"AQShning Eronga nisbatan joriy etgan sanksiyalari siyosiy qarordir"

Turkiya prezidentligi matbuot kotibi Ibrohim Kalin AQShning Eronga nisbatan joriy etgan sanksiyalarni “siyosiy qaror” deb baholadi.

Ibrohim Kalin xususiy telekanal orqali dunyo kun tartibidan joy olgan dolzarb mavzularga munosabatini bildirdi.

“AQSh turli sabablar bilan Eronga sanksiya joriy etar ekan, biz o’z milliy manfaatlarimizdan voz kecha olmaymiz”,-deydi Ibrohim Kalin.

Uning fikricha, aslida Eron atom shartnomaga amal qilmoqda, shu sababli Eronga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni siyosiy qaror deb baholash mumkin.

Eslatma: 2018 yilning may oyida AQSh prezidenti Donald Tramp Tehron hukumati bilan 2015 yilda tuzilgan atom kelishuvdan chiqishini ma'lum qilgandi.

AQShning Eronga nisbatan sanksiyalarining birinchi bosqichi 7 avgustda, ikkinchi bosqichi esa 5 noyabrda kuchga kirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Eron , #AQSh , #sanksiya , #siyosiy qaror

Aloqador xabarlar