Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li bugun Laosga safar qiladi

Mavlud Chavushog’li 7-8 noyabr kunlarini o’z ichiga olgan tashrifi chog’ida Laos tashqi ishlar vaziri Saleumxay Kommasith bilan uchrashadi.

1082997
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li bugun Laosga safar qiladi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li bugun Laos Demokratik Xalq Respublikasiga rasmiy ziyorat amalga oshiradi.

Mavlud Chavushog’li 7-8 noyabr kunlarini o’z ichiga olgan tashrifi chog’ida Laos tashqi ishlar vaziri Saleumxay Kommasith bilan uchrashadi.

Bo’lib o’tadigan uchrashuvlarda ikki davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar va hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilinadi.

Shu bilan birga, mintaqaviy va xalqaro masalalar bo’yicha fikr almashiladi.

Mavlud Chavushog’lining Laos bosh vaziri Thongloun Sisoulith tomonidan ham qabul qilinishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Laos , #Turkiya , #Mavlud Chavushog’li

Aloqador xabarlar