Erdog’an:"AQShning Suriyada PKK bilan qo’shma patrul faoliyatini amalga oshirishiga yo’l qo’ymaymiz"

“Buni qabul qilish bo’lmagan gap. Bunday vaziyat chegarada jiddiy talofatlarga olib keladi. Hurmatli Donald Trampning buni to’xtatishiga ishonaman”,-dedi Erdo’g’an.

1082652
Erdog’an:"AQShning Suriyada PKK bilan qo’shma patrul faoliyatini amalga oshirishiga yo’l qo’ymaymiz"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an AQShning Suriya shimolida terror tashkiloti PKK/YPG bilan birga qo’shma patrul faoliyatini amalga oshirishiga yo’l qo’ymasligini ma’lum qildi.

Erdo’g’an Ak partiyaning Turkiya oliy majlisidagi guruh yig’ilishida ma’ruza qilgach, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Erdo’g’an Turkiya qurolli kuchlari bilan birgalikda Munbichda qo’shma patrul faoliyatini boshlagan AQShning ayni vatqda PKK va YPG jangarilari bilan ham ba’zi territoriyalarda patrul faoliyatini boshlaganligi haqidagi iddaolarga munosabatini bildirdi.

“Buni qabul qilish bo’lmagan gap. Bunday vaziyat chegarada jiddiy talofatlarga olib keladi. Hurmatli Donald Trampning buni to’xtatishiga ishonaman”,-dedi Erdo’g’an.

AQShning Eronga nisbatan joriy etgan sanksiyalariga doir savolga javoban Erdo’g’an: “Eronga qarshi sanksiyalarni haqli deb baholamayman. Bu dunyoning muvozanatini buzishga qaratilgan tashabbusdir. Bu nafaqat xalqaro huquqqa, balki xalqaro diplomatiyaga ham to’g’ri kelmaydi. Imperialist bir dunyoda yashashni xohlamaymiz. Biz Erondan 10 mlrd kub metr tabiiy gaz import qilamiz. Bunday sanksiyaga Turkiya amal qilmaydi”,-dedi.



Aloqador xabarlar