Amerikalik pastor Andrew Craig Brunson Turkiyadan ketdi

Brunson kecha Izmir sudi tomonidan ozodlikka chiqarilganidan keyin to’g’ri viloyatning Konak tumaniga qarashli Alsanjak mahallasidagi uyiga bordi.

1067947
Amerikalik pastor Andrew Craig Brunson Turkiyadan ketdi

Fetullahchi terror tashkiloti (FETO) bilan PKK terror tashkiloti nomidan jinoyatga qo’l urganlikda va jososlikda ayblanib sud tomonidan 3 yil 1 oy 15 kunga ozodlikdan mahrum etilgan lekin hibsda ushlab turilgan vaqti hisobga olinib ozodlikka chiqarilgan amerikalik pastor Andrew Craig Brunson, xususiy uchoq orqali Germaniyaga ketdi.  

Brunson kecha Izmir sudi tomonidan ozodlikka chiqarilganidan keyin to’g’ri viloyatning Konak tumaniga qarashli Alsanjak mahallasidagi uyiga bordi.

Oqshom vaqtlarida Izmirdagi “Adnan Menderes” nomidagi aeroportga qarab yo’l olgan pastor va uning turmush o’rtog’i Norine Brunsonga Amerika Qo’shma Shtatlarining Anqaradagi elchixonasi maslahatchisi, muvaqqat ishlar vakiliJeffrey M. Hovenier hamrohlik qildi.

Pastor turmush o’rtog’i bilan xususiy uchoq orqali Turkiyadan jo’nab ketdi.

Brunsonning Germaniyaga ketganligi, u yerda 2 kun tunab ortidan AQShga yo’l olishi ma’lum bo’ldi.

 



Aloqador xabarlar